Bugun, 9 yanvar kuni soat 14:04 atrofida G`allaorol tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo`limiga tumandagi Ko`kgumbaz MFYga qarashli Qorong`ul qishlog`ida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan D.Sh. xonadoniga chaqiriq qayd etilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan etib borganida oila a`zolari, xonadon sohibi D.Sh va uning turmush o`rtog`i, 1987 yilda tug`ilgan N.Sh, 6 yoshli o`g`li A.Y. hamda 3 yoshli qizi O. Y.da biologik o`lim aniqlangan.
Ularni birlamchi tekshiruvdan o`tkazilganda “is gazidan o`tkir zaxarlanish” dastlabki tashxisi qo`yilgan.
SSV Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, yaqin vaqt oralig`ida:
6 yanvar kuni Qarshida 5 kishilik oila is gazidan zaharlandi.
5 yanvar kuni Andijonda uch nafar ayol is gazidan zaharlandi.
5 yanvar kuni Yunusobodda ona va uning 3 yoshli qizi is gazidan zaharlanib, vafot etdi.
5 yanvar kuni Farg`onada bir oilaning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi.