AsosiyJamiyat

Yosh kelin qaynotasining tegajog`liklari sabab oilasi buzilib ketganini tan oldi

'Yosh kelin qaynotasining tegajog`liklari sabab oilasi buzilib ketganini tan oldi'ning rasmi

Repost nashri qaynotasi muntazam ravishda tegajog`lik qilgani sababli oilasiga putur etgan o`zbekistonlik 27 yoshli ayolning hikoyasini e`lon qildi. Ayolning shaxsiy ma`lumotlari uning iltimosiga ko`ra sir tutiladi.

20 yoshimda ota-onamning xohishi bilan turmushga chiqdim. Erim bilan to`ydan oldin besh marta uchrashdik. Qarindoshlarim haqiqiy muhabbat to`ydan keyin bo`lishini, bir-birimizni oila qurganimizdan so`ng tanib olishimizni aytdi. 

Turmush o`rtog`im mehribon va oilaparvar edi. O`rtamizda sevgi bo`lmasa ham biz bir-birimizga o`zaro hurmat bilan munosabatda bo`lar edik. Yaqinlarim oila uchun bu etarli ekanligini, nolimasligim kerakligini aytardi. Erimning ota-onasi, akasi, unig xotini va ikki bolasi—hammamiz bir uyda yashardik. Oilaning barcha a`zolari bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Shu tarzda oradan uch oy o`tdi. Keyin dahshatli voqealar boshlandi.

Kunduz payti erim va akasi ishda, bolalar maktabda, qaynonam qo`shnilarnikida bo`lardi. Uyda men, ovsinim Sevara va qaynotam qolardik. Uy kattaligi uchun ishimiz ham ko`p bo`lardi. Avvaliga qaynota qaynonamning xonasini ovsinim o`zi yig`ishtirib, meni u erga kiritmasligiga ko`p ham ahamiyat bermasdim.

Kunlardan birida qaynotamning xonasidan g`alati ovozlar chiqa boshladi. Eshik tirqishidan qaynotam va ovsinimning qilayotgan ishidan shokka tushdim. Eshikni ochib, ushbu dahshatli manzara guvohi bo`lganimni bildirgim kelmagani uchun xonamga yugurdim. Ko`rganlarimni hazm qilish uchun ikki kun o`zimni kasalga soldim.

Kelganimga endi uch oy bo`lgan uyimda yuz berayotgan holatdan shok holatida edim. Ko`rganlarimni hazm qila olmasdim. Qolganlarga nima deb, qanday qilib aytishni bilmasdim, chunki hech kim menga ishonmasdi. Shundan so`ng men o`zim uchun qo`rqa boshladim. 

Bu dahshatli voqeadan so`ng bir oy o`tdi. Bir kuni vannaxonani tozalayotganimda qaynotam kirib qoldi. Meni maqtay boshladi, o`g`li xotin tanlashda yanglishmaganini aytdi. Qo`rquvdan qaltirab ketdim, hech narsa deya olmay joyimda qotdim.

U menga yaqinlashib, sochimni silay boshladi, «yoshroq bo`lganimda senga o`zim uylanardim», dedi.

Qo`rqib ketdim, yugurib uydan chiqib, qo`shnilarnikiga bordim. Ular nimadan qo`rqib ketganimni so`rashdi, men hovlida ilon ko`rganimni, endi uyga kirishga qo`rqayotganimni aytdim. Ular meni bir necha soat tinchlantirishdi, erim kelguncha ularnikida o`tirdim.

Men yuz bergan voqealar haqida qolganlarga, ayniqsa erimga qanday so`zlab berishni bilmasdim. Qaynotamning tegajog`liklari yana bir nech marta takrorlandi. 

Men o`zimni juda ojiz his qilardim, qaynotamga bo`lgan nafratim esa kundan-kun kuchayardi.

Erim so`zlarimga ishonmasligini tushunsam ham, unga hammasini aytib berishga qaror qildim.

U janjal ko`tardi, hammasini uni ota-onasi bilan urishtirish uchun o`ylab topganimni aytdi.

Adolatsizlikka chiday olmadim, undan vannaxonaga kuzatuv kamerasini o`rnatishini talab qildim. Erim bunga rozi bo`ldi, vannaxonaga kamera o`rnatdi.

Men erimga haqligimni isbotlashni istardim. Kunlardan bir kun odatdagidek vannaxonani tozalayotgan edim. Eshik ochiq edi. Qaynotam kirib, menga tegina boshladi. Men bu holatdan dahshatga tushdim, u avval bunday qiliqlar qilmasdi.

Sirning ochilishi

Kechqurun erim ishdan qaytgach, undan tezroq kuzatuv kamerasidagi tasvirlarni ko`rishni so`radim.

Tinmay yig`lardim, undan nimadir qilishni iltimos qilardim.

Ahvolimni ko`rgan erim videoni tomosha qildi. Uning o`sha paytdagi holatini so`z bilan ta`riflab bera olmayman. U g`azab, hayrat va qayg`uga botgandi. Shu tariqa hech narsa demay xonadan chiqib ketdi.

U ikki soatdan keyin xonaga qaytdi va otasini bunday harakat qilishga men majburlaganimni aytdi. Menga uylanib xato qilganini aytdi.

"Otamning aybi yo`q, u bunday harakatlar qiladigan yoshdan o`tgan", — dedi u.

Shundan so`ng bu uydan iloji boricha tezroq ketish kerakligini tushundim. Hali farzandimiz yo`qligini omadimga yo`ydim. Faqat ota-onam buni qanday qabul qilishidan xavotirda edim. Lekin bu uyda ham ortiq qola olmasdim.

Men hammasini ota-onamga aytib berdim. Baxtimga ular menga ishondi, to`g`ri tushundi, uyga qaytishimni ma`qullashdi.

Ota-onam qudalari bilan gaplashib, ajrashish jarayonini tezlashtirishni so`radi.

Qaynonam hammasidan xabar topgach, u bizning gapimizga ishonmadi, jahl qildi. Shunda otam unga agar ajrim jarayonini tezlashtirmasa, bo`lib o`tgan voqealar haqida hammaga gapirib, oilani butun mahallaga sharmanda qilishini aytdi.

Erim gap-so`z bolalab ketishidan qo`rqib, ajrashishga rozi bo`ldi. Biz qaytib bu oila bilan yuz ko`rishmadik.

Men hozir ota-onamnikida yashayapman va qandolat fabrikasida ishlayapman. Bo`lib o`tgan voqealardan hali o`zimga kela olmayapman, shuning uchun turmushga chiqishga shoshilayotganim yo`q. Bu safar turmushga chiqsam ham, ota-onasidan alohida yashaydigan, mustaqil fikriga ega inson bilan taqdirimni bog`lamoqchiman. Chunki birinchi turmushimdan olgan ruhiy jarohatim hali bitgani yo`q.

Nasiba, 27 yosh

Boshqa yangiliklar