Ma`lumki, 2019 yil noyabr oyidan boshlab Umra safariga boruvchilarning kvotasi bekor qilinib, avvalgidek yilda 2 marta emas balki, yil davomida uzluksiz safarlar amalga oshirilishi yo`lga qo`yildi.
Birgina 2019 yilning noyabr oyidan 2020 yilning 8 yanvar kunigacha 20 mingdan ortiq vatandoshlarimiz muqaddas ibodatini ado etib qaytdilar, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Dekabr oyi boshidan umra ziyorati uchun maxsus har kuni 2 ta charter va regulyar reyslar amalga oshirilmoqda. Oyiga esa 60 ta reys.
Ramazon oyi mavsumida kunlik aviareyslar soni yanada ko`paytirilishi rejalashtrilgan.






