AsosiyJamiyat

O`zbekistonda turistik xizmatlar eksporti 1,3 miliard dollarni tashkil qildi

'O`zbekistonda turistik xizmatlar eksporti 1,3 miliard dollarni tashkil qildi'ning rasmi

10 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes markazida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi rahbariyati ishtirokida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2020 yilgi rejalarga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tdi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda turistik xizmatlar eksporti ko`rsatkichi 1 313 032 323 (yoki 1,313 mlrd) - tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan (2018 yilda 1 041 088 645) – 26,1 foizga o`sdi. 

Joylashuv vositalari soni jami 1188 tadan iborat bo`lgan bo`lsa, shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi boshqalar. 

Hududlar kesimida joylashuv vositalarining yuklanish darajasi quyidagicha: Qoraqalpog`iston Respublikasi – 62,6 foiz, Andijon viloyati – 65,0 foiz, Buxoro viloyati – 96,6 foiz, Jizzax viloyati – 52,5 foiz, Qashqadaryo viloyati – 61,0 foiz, Navoiy viloyati – 74,3 foiz, Namangan viloyati – 40,6 foiz, Samarqand viloyati – 82,3 foiz, Sirdaryo viloyati – 64,4 foiz, Surxondaryo viloyati – 68,8 foiz, Toshkent viloyati – 76,1 foiz, Farg`ona viloyati – 42,7 foiz, Xorazm viloyati – 81,5 foiz, Toshkent shahri – 85,7 foiz. 

Mamlakat turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligi orasida keng targ`ib etish maqsadida AQSh, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan jami 30 OAVning 160 dan ortiq vakillarining tashrifi tashkillashtirildi.

An`anaviy targ`ibot usullari bilan bir qatorda zamonaviy targ`ibotning zamonaviy usullaridan foydalanilmoqda, xususan, 17-21 dekabr kunlari Tokio (Yaponiya) shahridagi Sibuya maydonida O`zbekiston turizm salohiyatini targ`ib qiluvchi videorolik namoyish etildi. 

    Boshqa yangiliklar