AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda qutqaruvchilar ikki nafar yosh bolani onasining qo`liga sog`-omon topshirdi

'Qashqadaryoda qutqaruvchilar ikki nafar yosh bolani onasining qo`liga sog`-omon topshirdi'ning rasmi

Qarshi shahrida yashovchi fuqaro Shoto`raeva Gulira`no Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining «1050» qisqa raqamiga joriy yilning 10 yanvar kuni soat 13.30 lar atrofida qo`ng`iroq qilib uch hamda bir yoshli farzandlari uy ichkarisida qarovsiz qolib ketganligi, temir eshik qulflanib qolgani haqida xabar berdi.

Qolaversa fuqaro xonadon ichida gaz plitasi yoniq qolganligi hamda farzandlaridan havotir olayotganligini ma`lum qilgan.

Olingan xabardan so`ng qutqaruv otryadi zudlik bilan ko`rsatilgan manzilga etib borib qisqa vaqt ichida qulflanib qolgan uy eshigini ochishib bolajonlarni onasiga topshirishdi.

Farzandlarini qo`liga olgan ona o`z vaqtida yordam ko`rsatgan qutqaruvchilarga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

 

    Boshqa yangiliklar