AsosiyJamiyat

Toshkent va Samarqand IIB xodimlari yaponiyalik sayyohlarning yo`qolgan buyumlarini topib berdilar

'Toshkent va Samarqand IIB xodimlari yaponiyalik sayyohlarning yo`qolgan buyumlarini topib berdilar'ning rasmi

2020 yil 3 yanvar kuni soat 12.45 da Toshkent shahar Xavfsiz turizmni ta`minlash bo`yicha boshqarma xodimlariga yaponiyalik 49 yoshli Ya.A. buyumlari yo`qolganini ma`lum qilib murojaat qildi.

U turmush o`rtog`i – 54 yoshli K.A. bilan O`zbekistondagi tarixiy shaharlarda bo`lish niyatida kelgan. Turistlarning gaplariga ko`ra, ular sumkalardan biri yo`qolganini Samarqanddan Toshkentga kelayotganlarida poezddayoq payqab qolishgan.  

Toshkent shahar IIBB xodimlari mehmonlar Samarqandda qaerlarda bo`lganliklarini aniqlab, Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasidagi hamkasblari bilan bog`landilar. Hamkorlikda olib borilgan ish quyidagi natija berdi.

Aniqlanishicha, turistlar vokzalga Samarqanddagi mehmonxona ishchisi tomonidan chaqirilgan taksida kelishgan. Haydovchi – 46 yoshli N.A. bo`lganligi aniqlandi. Samarqand viloyati IIB XTTB xodimlari u bilan aloqa o`rnatishganida, haydovchi haqiqatdan ham yaponiyalik turistlarni vokzalga etkazib qo`yganini va bir oz vaqtdan so`ng mashinaning orqa o`rindig`ida yo`lovchilardan biri tomonidan sumka unutib qoldirilganligini ko`rib qolganligini tasdiqladi. Taksi haydovchisi sumkani mehmonxonaga etkazdi va shundan so`ng uni Toshkentga jo`natishdi. Sumka o`z egasiga Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda egalari vatanga qaytishlaridan bir oz oldin topshirildi.

Yaponiyalik turistlar Toshkent shahar va Samarqand viloyati XTTB xodimlariga o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

    Boshqa yangiliklar