"Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Nukus mintaqaviy filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Qaror bilan Nukusda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi mintaqaviy filiali tashkil etildi.
Eslatib o`tamiz, hozirga qadar markazning Qarshi, Samarqand, Farg`ona shaharlarida mintaqaviy filiallari mavjud edi.
Markaz faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar hamda ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammolarini o`rganish, ushbu muammolarni hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish hisoblanadi.






