Farg`onada taekvondo bilan shug`ullanayotgan sportchilarni Koreyaga mashg`ulotlar va ishga jo`natishni va`da qilgan firibgarning qilmishi fosh bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Xabarga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi munosabat bildirdi.
"Hasanboev Abduvohid Asqarovich 1985 yilda Farg`ona viloyatining Yozyovon tumani “Yangi massiv” MFY 2-uy 8-xonadonda tug`ilgan. Uylangan, 3 nafar farzandi bor.
2004-2010 yillar davomida sportning taekvondo ITF turi bilan shug`ullangan. 2010 yildan 2016 yilga qadar esa taekvondo VTF sport turiga o`tgan hamda trener sifatida Yozyovon tumanidagi Markaziy o`yingohda mashg`ulotlar olib borgan.
2009 yilda Abduvohid Hasanboev tomonidan “Olimjonov Solijon Oxunovich” nomli xususiy tadbirkorlik subekti ochilib, u hozirgi kunga qadar tadbirkorlik yo`nalishida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug`ullanib kelmoqda.
A.Hasanboev trenerlik attestasiyasidan muvaffaqiyatli o`tolmaganligi sababli ayni paytda trenerlik faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan. Qolaversa, A.Hasanboev Farg`ona viloyatidagi sport ta`lim muassasalarida shu kungacha trenerlik faoliyatini olib bormagan va hozirda trener sifatida ro`yxatda turmaydi" deb xabar beradi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati






