O`zbekistonda vodorod peroksidi ishlab chiqarish bo`yicha zavodni qurish bo`yicha yangi loyihaga start berildi. Energetika vazirligidan ma`lum qilishlaricha, loyiha «Uzbekistan Hydrogen Peroxide» qo`shma korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Zavod yiliga 50 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradi. Qayd etilishicha, loyihaning amalga oshirilishi O`zbekistonda vodorod peroksidi importining o`rnini to`liq bosishga xizmat qiladi.
«Ushbu mahsulotga tibbiyot, to`qimachilik, sellyuloza-qog`oz va tog`-kon sanoatlarida, oqova suvlari aerasiyasi korxonalarida, oziq-ovqat mahsulotlariga qayta ishlov berish, chiqindilarga ishlov berish sohalarida talab katta», — deyiladi vazirlik axborotida.
Loyihaga sarflanadigan investisiyalarning umumiy hajmi 40 million dollari bo`lib, u ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda — vodorod peroksidi(N2O2) ishlab chiqarish zavodini quriladi;
- ikkinchi bosqichda — perkarbonat natriy (Na2CO31,5H2O2) ishlab chiqarish bo`yicha zavod quriladi;
Loyiha «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladi, zavod 2021 yilning bahorida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.






