O`zbekistonning turli ma`muriy hududlari kesimiga ko`ra, eng qimmat osh Samarqandda qayd etilgan. U erda 2019 yil dekabrda bir porsiya palovning narxi 20 ming so`m, bir kilogrammi esa 140 ming so`mdan sotilgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Kuzatuv natijalariga ko`ra, O`zbekiston osh markazlarida 1 porsiya va 1 kg. palov narxi 2019 yil dekabr oyi uchun quyidagicha bo`lganligi (so`mda) aniqlangan:
Qoraqalpog`iston Respublikasi 1 porsiya tayyor osh narxi — 12 167 so`m, 1 kg. osh – 85 ming 169 so`m; Andijon – 1 porsiya – 14 ming, 1 kg. – 98 ming so`m; Buxoro – 1 porsiya – 16 ming so`m, 1 kg. – 112 ming so`m; Jizzax – 1 porsiya – 15 ming, 1 kg. – 105 ming so`m; Qashqadaryo – 1 porsiya – 15 ming, 1 kg. – 105 ming so`m; Navoiy – 1 porsiya – 12 ming so`m, 1 kg. – 84 ming so`m; Namangan – 1 porsiya – 10 ming 700 so`m, 1 kg. – 74 ming 900 so`m; Samarqand – 1 porsiya – 20 ming so`m, 1 kg. – 140 ming so`m; Surxondaryo – 1 porsiya – 11 ming 667 so`m, 1 kg. – 81 ming 667 so`m; Sirdaryo – 1 porsiya – 15 ming so`m, 1 kg. – 105 ming so`m; Toshkent – 1 porsiya – 13 ming 333 so`m, 1 kg. – 93 ming 331 so`m; Farg`ona – 1 porsiya – 14 ming so`m, 1 kg. – 98 ming so`m; Xorazm – 1 porsiya – 14 ming so`m, 1 kg. – 98 ming so`m; Toshkent shahri – 1 porsiya – 15 ming 400 so`m, 1 kg. – 107 ming 800 so`m.
“Ushbu narxlarni belgilashda faqat tanlab olingan osh markazlaridagi tayyor palov narxlari hisobga olingan. Restoran va choyxonalardagi narxlar bundan mustasno”, deyiladi xabarda.