AsosiyJamiyat

UzAuto Motors avtomobillari uchun imtiyozli aksiya e`lon qildi

'UzAuto Motors avtomobillari uchun imtiyozli aksiya e`lon qildi'ning rasmi

UzAuto Motors "O`zavtosanoat Lizing" kompaniyasi bilan hamkorlikda Chevrolet Malibu Turbo 1.5 hamda Tracker avtomobillarini imtiyozli shartlarda lizingga sotib olishni taklif qildi.

Aksiya shartlariga ko`ra, yuridik shaxslar avtomobillarning 30% narxini to`lab, qolgan summasini 3 yil davomida yillik 20% ustama bilan xarid qilishlari mumkin.

Aksiya 2020 yilning 11 dan 31 yanvariga qadar davom etadi. Avtomobillarni ushbu shartlarda O`zbekistondagi barcha rasmiy dilerlardan xarid qilish mumkin.

Bundan tashqari, 10 dona avtomobil xarid qilgan korporativ xaridorlar avtomobil xaridida qo`shimcha imtiyoz va xizmat ko`rsatishga ega bo`ladilar.

 

    Boshqa yangiliklar