1

Ayol o`z janozasi vaqtida hushiga keldi

Dunyo 12.01.2020, 10:11
Teglar: Hindiston, janoza
Ayol o`z janozasi vaqtida hushiga keldi

Hindistonning Karnataka shtatida shifoxonada vafot etgan ayol janozasi vaqtida hushiga keldi. Bu haqda “The Hindu”ga tayanib Qalampir xabar berdi.

Malatu Chaugulini harorati keskin ko`tarilganda shifoxonaga olib borishgan. Oradan bir necha soat o`tib u hushini yo`qotgan. Shifokorlar uni o`ziga keltirishga uringan, biroq bu natija bermagach, ayol o`lgan deb qayd etilgan.

Shundan so`ng, Chaugulining qarindoshlari uning tanasini olib, uyga ketishgan va barcha xayrlashishi uchun uni eshik oldiga qo`yishgan.

Kutilmaganda ayol ko`zlarini ochib, o`rnidan turgan va barchani qo`rqitib yuborgan. Keyinroq bu ayol komaga tushgani va shifokorlarning xulosasi xato ekani ma`lum bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1