AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya elchisi Eronda qo`lga olindi, u namoyish uyushtirilganlikda ayblandi

'Buyuk Britaniya elchisi Eronda qo`lga olindi, u namoyish uyushtirilganlikda ayblandi'ning rasmi

Tehronda Buyuk Britaniya elchisi Robert Makeyr qo`lga olindi. U Eron poytaxtida norozilik namoyishlari tashkil etishda ayblanmoqda.

Shanba, 11 yanvarda bir guruh talabalar Amir Kabir nomidagi texnologiya universiteti qarshisida to`plangan va Ukrainaga tegishli Boeing 737 samolyoti Eron qurolli kuchlari tomonidan urib tushirilgani yuzasidan norozilik namoyishi o`tkazgan. Britaniya elchisiga o`sha vaqtda talabalar orasida bo`lgani va namoyishchilarni boshqarishga uringani boyicha ayblov qo`yildi.

Robert Makeyr qo`lga olingandan so`ng oradan bir necha soat o`tib qo`yib yuborildi. Diplomat o`ziga qo`yilgan ayblovlar asossiz ekani to`g`risida tvitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Uning ta`kidlashicha, namoyish o`tayotgan joyga Boeing 737 qurbonlarini xotirlash uchun kelgan. Eslatib o`tamiz, vafot etganlar orasida Buyuk Britaniya fuqarolari ham bo`lgan. Ammo elchining ta`kidlashicha, xotirlash marosimi ishtirokchilari turli shiorlarni aytib, baqira boshlagach, u darhol ketib qolgan. Shunga qaramay yarim soatdan so`ng Eron huquq-tartibot xodimlari Robert Makeyrni qo`lga olishgan.

«Diplomatni qo`lga olish har qanday mamlakatda noqonuniy hisoblanadi», — deydi Makeyr.

Boshqa yangiliklar