AsosiyJamiyat

13-yanvarda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'13-yanvarda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

O`zgidrometning ma`lum qilishicha, Toshkent shahrida 23 yanvar sanasida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq orasida bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq orasida bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq orasi, kunduzi esa 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq orasi, kunduzi esa 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda eeadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Boshqa yangiliklar