2020 yil 12-13 yanvar kunlari A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog`ishi, tuman tushib, ko`rinuvchanlik 50-100 m. gacha pasayashi, shamol tezligi sekundiga 15-20 m. gacha kuchayishi, yo`lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo`l transport hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e`tibor qaratishni so`radi:
avtomobillarning texnik holatini to`liq ko`zdan kechirish;
dovon orqali etarli darajada yoqilg`i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;
avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;
haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo`llarda to`xtab dam olishlari;
viloyatlararo yuk tashish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o`tkazilishi.
“Qamchiq” dovoni bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.






