AsosiyJamiyat

Ayrim tibbiy ma`lumotnomalar endi Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi

'Ayrim tibbiy ma`lumotnomalar endi Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi'ning rasmi

“Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma`lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumatning 10-sonli qarori 10 yanvar kuni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 apreldan boshlab fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo`yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to`g`risidagi ma`lumotnoma Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. 

Shuningdek, 2020 yil 1 apreldan boshlab:

Ruhiy kasalliklar bo`yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobida turishi yoki turmasligi to`g`risidagi ma`lumotnomani to`g`ridan-to`g`ri berish amaliyoti bekor qilinadi;

Narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.

2020 yil 1 martgacha davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun zarur bo`lgan avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo`yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to`g`risida ma`lumotnoma berish bo`yicha ma`muriy reglamentlar tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar