Joriy yilning 12 yanvar kuni, sayohat uchun Xiva shahriga kelgan Chexiya davlati fuqarosi Harris Eliska Xorazm viloyati Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlariga og`zaki murojaat qilib, “Iphone se” rusumli qo`l telefonini sayohat qilayotgan vaqtda, qaysidir manzilda unutib qoldirilganligini va telefonni topishda amaliy yordam berilishini so`ragan.
Xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, unutib qoldirilgan “Iphone se” rusumli telefon topilgan va uni egasiga qaytarib berildi. Sayyoh Harris Eliska bilan suxbatlashilganida, u Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlarining muomila madaniyati va xizmat vazifalariga bo`lgan munosabatini yuqori baholab, ularga o`z minnatdorchiligini bildirishini, ushbu telefon u uchun juda qadrli ekani, unda O`zbekistonga kelib, madaniy meros obidalarini tomosha qilish jarayonida diqqatga sazovar joylarni aynan shu telefonda suratga olganligini va suratlar juda muhim ekanligi sababli ham telefoni topilganidan hursand ekanligini bildirdi, deya xabar beradi IIV Axborot xizmati.






