AsosiyJamiyat

Poytaxt hokimligida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo`lib o`tmoqda

'Poytaxt hokimligida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Bugun poytaxt hokimligida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda dastlab 2019 yil 22 dekabrda o`tkazilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo`yicha Toshkent shahar saylov komissiyasi raisining axboroti tinglandi. Unda qayd etilishicha, 2019 yilgi saylovlar demokratik prinsiplar asosida ochiqlik, oshkoralik, xolislik prinsiplari asosida o`tkazildi.

Saylov jarayonlari shahrimizning tumanlardagi 9 ta saylov uchastkalariga tajriba-sinov tariqasida o`rnatilgan 18 ta videokameralar orqali onlayn translyasiya qilindi. Saylovlar jarayonlarida o`nta nufuzli xalqaro tashkilotdan, dunyoning ellikka yaqin davlatidan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etdi. Toshkent shahar saylov komissiyasiga kelib tushgan 25 ta murojaatlar qisqa muddatlarda ko`rib chiqildi va hal etildi.
Umumiy natijalar bo`yicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 22 nafar, O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan 12 nafar, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 11nafar, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 11 nafar hamda O`zbekiston Ekologik partiyasidan 4 nafar deputat saylandi. Deputatlarning 2 nafari yoki 3,3 foizi 30 yoshgacha, 30 nafari yoki 50 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo`lganlar hamda 28 nafari yoki 46,7 foizi 50 yoshdan katta yoshdagilarni tashkil etadi.

Shuningdek, yig`ilishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to`g`risidagi Nizomi tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq, yig`ilish davomida “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro`yxatga olish to`g`risida”gi masala ko`rib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan “Nuroniy” jamg`armasining Toshkent shahar Kengashi raisi Rustam Kalonov axborot berdi.

    Boshqa yangiliklar