AsosiyJamiyat

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 7 ta doimiy komissiyalari tuzildi

'Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 7 ta doimiy komissiyalari tuzildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, poytaxt hokimligida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo`lib o`tmoqda.

Reglamentga ko`ra sessiyada O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro`yxatga olingani haqida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori qabul qilindi.

Shuningdek, yig`ilishda “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to`g`risida”gi masala ham ko`rib chiqildi. Bu borada tasdiqlangan qarorga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 7 ta doimiy komissiyalari tuzildi.

Ular:

1) Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo`yicha;

2) Qonuniylikni ta`minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo`yicha;

3) Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo`yicha;

4) Sanoat, transport, qurilish, aloqa va aholiga xizmat ko`rsatish masalalari bo`yicha;

5) Kommunal xo`jalik va ekologiya masalalari bo`yicha;

6) Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari bo`yicha;

7) Reglament va deputatlik odobi masalalari bo`yicha.

    Boshqa yangiliklar