Erkinjon Turdimov viloyati hokimi lavozimga qayta tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 13 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining VI chaqiriq birinchi sessiyasida viloyat hokimini lavozimga tayinlash masalasi ham ko`rib chiqildi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash to`g`risida»gi qaror bir ovozdan ma`qullandi.