O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi 2019 yilning 10-26 dekabr sanasida 104 nafar davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining matbuot kotiblarini attestasiyadan o`tkazdi.
Attestasiyadan o`tgan matbuot kotiblariga agentlik tomonidan guvohnoma topshirildi. Guvohnoma 3 yil muddatga berilishi ko`rsatilgan.
Attestasiya O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 27 iyun kuni “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta`minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida“gi qaroriga muvofiq o`tkazilgan.






