Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Jarqo`rg`on tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, Jarqo`rg`on tuman agroinspeksiyasi xodimlari T.X. va A.B.lar fuqaro U.T.ning tegishli hujjatlaribo`lmagan qo`lda yig`ilgan T-28 rusumli traktorini davlat ro`yxatidan o`tkazish hamda davlat raqami berish evaziga undan 1,7 mln. so`mni ta`magirlik yo`li bilan xizmat xonasida olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jarqo`rg`on tuman agroinspeksiya xodimlari T.X. va A.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.






