AsosiyJamiyat

“Toshkent siti”da vafot etgan quruvchining turmush o`rtog`iga ish beruvchi kompensasiya puli to`lab bermagan

'“Toshkent siti”da vafot etgan quruvchining turmush o`rtog`iga ish beruvchi kompensasiya puli to`lab bermagan'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga “Toshkent siti” qurilishida ish vaqtida baxtsiz xodisa tufayli vafot etgan fuqaroning turmush o`rtog`i ish beruvchi tomonidan kompensasiya puli to`lanmayotgani yuzasidan murojaat bilan qilgan.

Aniqlanishicha, “Toshkent siti” qurilish majmuasi, 1-lot birinchi sonli 9 qavatli qurilish binosi yonidagi oqava suv uchun kollektor trubasi “TECHNO LOGISTIC CONSTRUCTION” MChJda 2019 yilning 25 avgust kuni B.A.Egamberdiev bilan baxtsiz xodisa ro`y bergan. Mazkur holatni o`rganish bo`yicha Davlat mehnat inspeksiyasining Mehnatni muhofaza qilish bo`yicha davlat texnik inspektori boshchiligida komissiya tuzilgan. O`rganishlar fuqaro bilan sodir bo`lgan baxtsiz hodisa ishlab chiqarish bilan bog`liq deb topilgan.  

Natijada ish beruvchi tomonidan vafot etgan fuqaroning yaqin qarindoshi – turmush o`rtog`iga kompensasiya puli to`lab berilgan.

    Boshqa yangiliklar