AsosiyJamiyat

23-25 aprel kunlari Toshkentda “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi bo`lib o`tadi

'23-25 aprel kunlari Toshkentda “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi bo`lib o`tadi'ning rasmi

2020 yilning 23-25 aprel kunlari Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi bo`lib o`tadi. Bu haqda Adliya vaziriligi xabar bermoqda.

Forum O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida ikkinchi marotaba tashkil etilmoqda.  

Ma`lumot uchun: “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi ilk marotaba 2019 yilning aprel oyida tashkil etildi. Unda 1 200 nafardan ortiq huquqshunos va boshqa sohalar mutaxassislari ishtirok etib, ulardan 250 nafari 40 dan ziyod mamlakatdan tashrif buyurgan xorijiy ishtirokchilardir. Forum sessiyalarida umumiy hisobda 134  nafar, shundan 100 nafar xorijlik ekspertlar ma`ruza qildilar.

 Bugungi kunda, IT-texnologiyalarning inson hayotida keng o`rin egallashi, globallashuvning kuchayishi va Internet jahon axborot tarmog`ining kengayishi huquq sohalariga ham bevosita ta`sir o`tkazayotganini, ushbu masalalarni huquqiy tartibga solish muhim ekanligini inobatga olib, II Xalqaro yuridik forumning bosh mavzusi “Huquq 4.0” deb nomlandi hamda munozara sessiyalari mavzulari asosan To`rtinchi sanoat inqilobi sharoitida huquqning o`rniga bag`ishlanadi.

Shu bilan birga, Forum tadbirlari davomida mediasiya, arbitraj, advokatura, korporativ boshqaruv, qimmatli qog`ozlar, intellektual mulk, davlat xususiy sheriklik, korrupsiyaga qarshi kurash va komplaens, monopoliyaga qarshi kurash, huquqiy ta`lim va fan va boshqa ko`plab dolzarb mavzular muhokama qilinadi.    

Forum tadbirlari o`zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Batafsil ma`lumot uchun http://tashkentlawspring.uz saytiga tashrif buyuring yoki Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining (+99871) 268-28-41, (+99871) 268-28-43 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar