AsosiyJamiyat

Oltinsoyda fermer xo`jalik erini 120 mln. so`mga sotayotgan rahbar qo`lga tushdi

'Oltinsoyda fermer xo`jalik erini 120 mln. so`mga sotayotgan rahbar qo`lga tushdi'ning rasmi

Surxondaryoda er ajratib bermoqchi bo`lgan fermer xo`jaligi rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Oltinsoy tumanidagi “J.M.” Fermer xo`jaligi rahbari N.D. fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib uni aldab, xo`jalikka tegishli paxta va g`alla mahsulotlari etishtirish uchun mo`ljallangan 2,5 gektar er maydonini, baliqxona tashkil etish uchun ajratish hamda ushbu erni tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 120 mln. so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar