AsosiyJamiyat

Buxoroda hujjatdagi taxtalar tayyor eshikka “aylanib qoldi”

'Buxoroda hujjatdagi taxtalar tayyor eshikka “aylanib qoldi”'ning rasmi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Buxoro” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijiy mamlakatdan yurtimizdagi korxonalarning biriga yuk mashinasida yuborilgan taxtalar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruv natijasida, hujjatlarda taxtalar ko`rsatilgan bo`lsada, yuk mashinasida tayyor eshiklar borligi aniqlandi. 

Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 33 million so`mni tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar