MIB Boyovut tuman bo`limi tomonidan Boyovut tumani, Qarapchi MFYda o`tkazilgan tekshirishda, “Lavash Sentr” oilaviy korxonasi rahbari fuqaro D.Sangirov tomonidan oshxonasida tabiiy gaz tarmog`idan o`chirilgan bo`lsada qaytadan noqonuniy ravishda ulanib foydalanib kelib, tabiiy gazni noqonuniy sarflab, moddiy zarar etkazganligi aniqlandi.
Shuningdek, MIB Boyovut tuman bo`limi tomonidan tumanning Hosilobod MFY.da o`tkazilgan tekshirishda, tumanidagi qurilish korxonasi rahbari F.Otaqo`ziev tomonidan qurilish binosida elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelib, elektr energiyasini noqonuniy sarflab, moddiy zarar etkazganligi aniqlangan.
Hozirda etkazilgan zararni qoplash choralari ko`rilmoqda.






