AsosiyJamiyat

MIB Yangiyo`lda bir kunda 645 million so`m undirdi

'MIB Yangiyo`lda bir kunda 645 million so`m undirdi'ning rasmi

Aniqlanishicha, Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “Jo`rabek Agroinvest qo`shuv” MChJdan undiruvchi Yangiyo`l tuman DSI foydasiga  soliq qarzi va davlat boji undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari bo`lim ish yurituviga kelib tushgan.

Joriy yilning 14 yanvar kuni, Majburiy ijro byurosining Yangiyo`l tumani bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor “Jo`rabek Agroinvest qo`shuv” MChJdan soliq qarzdorligi va davlat bojlari hamda ijro yig`imi uchun  645 mln. so`m naqd pul mablag`lari undirildi.

    Boshqa yangiliklar