AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkent yog`ingarchilik kutilmaydi

'Ertaga Toshkent yog`ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar