AsosiyJamiyat

Maktab o`qituvchisi YPX xodimini nega haqorat qildi?

'Maktab o`qituvchisi YPX xodimini nega haqorat qildi?'ning rasmi

YPX xodimi o`qituvchini yiqitib, majburlab mashinaga o`tqizgani to`g`risidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi. Bu tarmoq foydalanuvchilari tomonidan muhakamaga sabab bo`ldi.

Ushbu holatda Farg`ona viloyati Farg`ona tumani hududidagi harbiy poligonda 2020 yilning 11 yanvar kuni 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan tadbir sababli  “Farg`ona-Chimyon” yo`li yopilgan vaqtda, Farg`ona tumani Oqbilol qishlog`idagi 22-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilarini poligondagi tadbirga o`qituvchilar hamrohligida avtobusda olib kelingan. Bu haqda YHXBB axborot xizmati ma`lum qildi.

Shu hududda xizmat olib borayotgan Farg`ona viloyati IIB YHXB YPX inspektori I.Odilov maktab o`qituvchilariga tadbir sababli yo`l yopilganligini, rahbarlardan ruhsat so`rash kerakligini aytgan vaqtida, o`qituvchi: “manda ruxsatnoma bor, o`tishim kerak” deb, inspektorga qo`pol muomala qilgan va inspektor bilan maktab o`qituvchisi o`rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Birlamchi ma`lumotga ko`ra, maktab o`qituvchisi YPX xodimini haqorat qilganligi uchun xodim uni erga yiqitib patrul avtomobiliga o`tqizmoqchi bo`lgan.

"Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan nazoratga olinib ayni paytda xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Qisqa fursatlarda ushbu holat bo`yicha batafsil ma`lumot beramiz", — deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar