Buyuk Britaniya shahzodasi Harri va uning rafiqasi Megan ularga berilgan imtiyozlardan voz kechib erkin yashamoqchi bo`layotgani haqida avval xabar bergandik. Ayni buyuk Britaniya qirolichasi o`z nabirasining istagini inobatga olgani ma`lum bo`ldi.
Ya`ni qirolicha Elizaveta II shahzoda Garri va uning turmush o`rtog`i Megan Marklning biroz muddat Kanadada yashash to`g`risidagi qarorini qo`llab-quvvatladi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.
Yosh juftlik doimiy nazoratda bo`lish joniga tekkanini, shuning uchun meros va boshqa moliyaviy imtiyozlardan ham voz kechib, o`zlari mustaqil yashash va ishlash niyatida ekanliklarini ma`lum qilishgandi. Ular kelgusida ma`lum muddat Shimoliy Amerikada yashashni ko`zda tutishyapti.
Dastlab qirollik oilasining a`zolari bunga qarshi bo`ldi.
Biroq qirolicha Elizavetaning so`zlariga ko`ra, oila Garri va Meganning yangi hayot boshlash qarorini ma`qullagan. U bunday qarorga hurmat bilan qarashini ta`kidlagan.
Elizaveta II nafaqat shahzoda Garrini, balki uning akasi Uilyam va otasi Charlzni ham Saroyga chaqirgan, shuningdek, qirollik oilasining boshqa a`zolari ham to`plangan. Ular o`zaro muloqot chog`ida shahzoda va uning rafiqasiga erkinlik berish haqida bir to`xtamga kelishgan.