Bugun Jizzax davlat pedagogika institutining yangi o`quv binosi foydalanishga topshirildi. Unda universiteti rahbariyati, professor-o`qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Barcha sharoitlarga ega binoni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta`mirlash ishlari Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi buyurtmasiga asosan amalga oshirildi.
Qayd etish lozimki, o`quv binosining rekonstruksiyasi hamda madaniyat saroyini kapital ta`mirlash ishlariga jami 47,301 mlrd so`m mablag` sarflandi.