2019 yil 26 oktyabr kuni taxminan soat 04:00larda 17 yoshli Ozodbek U. Samarqand viloyati Jomboy tumani “Qorasuv” qishlog`ida yashovchi 28 yoshli fuqaro Z.Sh.ning uyi darvozasi oldida turgan “Damas” avtomashinasi eshiklari ochiqligi va kaliti o`zida bo`lganligidan foydalanib, atrofda hech kim yo`q vaqtda avtotransport vositasini olib qochgan.
So`ngra “M-39” sonli avtomobil yo`li bo`ylab “Toshkent-Samarqand” yo`nalishi bo`yicha ushbu avtomashinani boshqarib borib, 1106 km.da qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi F.M.ning boshqaruvida bo`lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Ozodbek U.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida uning muqaddam ikki marotaba o`g`irlik jinoyatlarini sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismining “a” bandi (takroran o`g`irlik) va 267-moddasi 1-qismi bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan/ Tergov yakuniga ko`ra jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Jomboy tuman sudining 2019 yil 16 dekabr kunidagi hukmiga ko`ra, Ozodbek U. yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.






