Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 14 yanvardagi 22-sonli qaroriga ko`ra quyidagi o`zgarishlarga erishiladi:
birinchidan: topografik xaritalarning maxfiylik darajasi keskin pasaytirishga erishiladi;
ikkinchidan: mahalliy koordinatalar tizimida tayyorlangan topografik xaritalarning maxfiyligi olib tashlanishi natijasida ushbu koordinatalar tizimida tayyorlangan barcha masshtabdagi topografik xaritalardan bir viloyat yoki Qoraqalpog`iston Respublikasi miqiyosida ochiq foydalanish imkoniyati yaratiladi;
uchinchidan: WGS-84 koordinatalar tizimida tuzilgan aero va kosmik s`emka materiallaridan respublika miqiyosida foydalanish uchun barcha cheklovlar olib tashlanishi natijasida ushbu koordinatalar tizimlarida tayyorlangan barcha masshtabdagi topografik xaritalardan butun respublika miqiyosida ochiq foydalanish imkoniyati yaratiladi;
to`rtinchidan: amaldagi tartib bo`yicha koordinatalar tizimidan va masshtabidan qat`iy nazar shaharlar va shaharchalarda 10 kv.km.dan (1 000 gektar) ziyod bo`lgan hudud uchun topografik xaritalarga bo`lgan maxfiylik darajasini olib tashlash hisobiga iqtisodiyotning turli sohalarida maxsus va tematik xaritalardan, shu jumladan bosh rejalardan foydalanuvchilar doirasi kengayadi;
beshinchidan: maxfiylik darajasining pasaytirilishi natijasida:
- zamonaviy texnologiyalarni kosmik va aero s`emka materiallarini ishlab chiqarishga tadbiq etish va ulardan samarali foydalanish;
- bosh rejalar va boshqa shaharsozlik hujjatlarini zamonaviy elektron dasturlar yordamida ishlab chiqish hamda o`rnatilgan tartibda tasdiqlanganlarini geoportal va internet tarmoqlarida ochiq joylashtirish;
- geoaxborot tizimlarini yaratish orqali davlat kadastrlarini, shu jumladan davlat shaharsozlik kadastrini yuritish bo`yicha ishlar sifatini yaxshilash va ko`lamini kengaytirish;
- tadbirkorlik sub`ektlari va investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga er uchastkalari, qurilish ob`ektlari va muhandislik kommunikasiyalari to`g`risida ma`lumotlarni ochiq ravishda taqdim qilish;
- tadbirkorlik sub`ektlarini geodeziya, kartografiya, loyiha-qidiruv hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlariga keng jalb qilish uchun imkoniyat yaratiladi.