AsosiyJamiyat

Farg`onada qarindoshlari nomiga korxonalar tashkil etgan fuqarolarning kirdikorlari fosh etildi

'Farg`onada qarindoshlari nomiga korxonalar tashkil etgan fuqarolarning kirdikorlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam Jinoyat kodeksining 184 va 189 moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro U.M. yana noqonuniy faoliyatga qo`l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

U.M. o`ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, yaqin qarindoshlari nomiga “B.m.”, “Q.t.”, “M.q.c.” va “M.l.s.” MChJlarni tashkil etib, amalda ushbu korxonalarni o`zi va sheriklari bilan norasmiy boshqargan holda yirik pul aylanmalarini amalga oshirib, hisobotlarda soliq bazasini kamaytirib ko`rsatib, 983,9 mln. so`m soliqlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganliklari hamda 3,4 mlrd. so`mlik mahsulotlar sotuvidan tushgan naqd pul mablag`larini bank muassasasiga topshirmasdan juda ko`p miqdorda savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar