AsosiyJamiyat

Andijonlik bemehr otaga jazo tayinlandi

'Andijonlik bemehr otaga jazo tayinlandi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Bo`z tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan qarzdor X.Ruzievdan undiruvchi G.Yangiboeva foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish belgilanangan edi, deyilgan MIB taqdim etgan ma`lumotda.

Biroq, Byuroning Bo`z tumani bo`limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlariga qaramay, qarzdor aliment pullarini turli vaj-karsonlarni ro`kach qilib, to`lamasdan yuravergan.

To`lanmagan pullar esa hisoblanganda 23.630.968 so`mni tashkil etdi. Bola eb-ichkisi, kiyingisi kelsa "puling bormi, ona (ota)?" degan savolni bermaydi. Bolaning amri vojib. 

Aliment pullarini to`lamasdan kelganligi sababli qarzdor X.Ruzievga nisbatan Bo`z tuman mamuriy sudi raisi Zarifjon Raximovning qaroriga asosan 15 sutka mamuriy qamok jazosi tayinlandi.

Ikki haftalik majburiy "ta`til" davrida qarzdor ota aliment pullarini to`lamasa jazo muqarrarligini tushunsa bo`lgani. Negaki, ma`muriy javobgarlikka tortilgandan keyin ham aliment to`lovlarini to`lamaslikda davom etishi alal-oqibat jinoiy javobgarlikka ya`ni sudning qora kursisi tomon etaklab borishi tayin.

    Boshqa yangiliklar