Yashirin sexda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To`rtko`l tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbirda fuqaro S.E. o`z uyida qo`lbola usulda “Qaratao`” nomli alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlangan, shuningdek, ushbu yashirin sexda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining manbasini aniqlash yuzasidan o`tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida, tumandagi Navoiy OFY da istiqomat qiluvchi fuqaro A.Yu.ning uyidan umumiy qiymati 124,5 mln. so`mlik 10 tonna 260 litr etil spirt mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






