AsosiyJamiyat

O`zbekiston Berlindagi «Yashil hafta – 2020» ko`rgazmasida ishtirok etadi

'O`zbekiston Berlindagi «Yashil hafta – 2020» ko`rgazmasida ishtirok etadi'ning rasmi

2020-yilning 16-19-yanvar kunlari o`zbekiston delegasiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. Guruhga O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev boshchilik qilishi kutilmoqda.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.

Mamlakatimizning Germaniyadagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra tashrif chog`ida O`zbekiston delegasiyasi “Yashil hafta – 2020” xalqaro ko`rgazmasi va Qishloq xo`jaligi vazirlarining Berlin konferensiyasida ishtirok extadi.

O`zbekiston delegasiyasining Berlinga tashrifi dasturida ishbilarmon sheriklar bilan uchrashuvlar o`tkazish bilan bir qatorda Germaniyaning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi Federal vaziri Yuliya Klyokner hamda Polsha, Belarus, Livan, Moldova, Ukraina va boshqa davlatlarning qishloq xo`jaligi vazirlari bilan muzokaralar o`tkazish rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar