Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo hududi bo`yicha vise-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegasiya 16 yanvar kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi, deya xabar qildi O`zA.
Tashrifning birinchi kuni delegasiya a`zolari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboeva bilan uchrashadi. Shuningdek, mehmonlar O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari – transport vaziri A.Ramatov, investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov bilan muzokaralar o`tkazadi.
17 yanvar kuni mehmonlar O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – moliya vaziri J.Qo`chqorov, iqtisodiyot va sanoat vaziri B.Xo`jaev va Markaziy bank raisi M.Nurmurodov bilan uchrashadi.
Mazkur uchrashuvlarda O`zbekiston bilan Jahon banki o`rtasidagi uzoq muddatli va o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ushbu bank bilan hamkorlikda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni muhokama qilish ko`zda tutilgan.






