platformauzb telegram kanalida ana shunday xabar e`lon qilindi.
"Chunki u davlat nazoratidan chiqarildi. Ya`ni shakar muhim xalq iste`moli tovarlari ro`yxatidan o`chirildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PQ-4484-sonli qarori 1-bandida keltirilgan. Endi uning bahosini bozor belgilaydi.
Bu erkin bozor formatiga o`tayotgan iqtisodiyot uchun qonuniyat bo`lishi mumkin. Biroq hadik shundaki, shakarning ham “ega”si chiqib qolmasmikan? Xuddi oldingiga o`xshash...
Ilgari iqtiyodimizdagi yopiq va soyadagi, ya`ni “tenevoy” siyosat ko`plab vallomatlarni paydo qilganini hamma biladi. Boho shakarchi, falon millioner, falon oligarx... Ularni biz, o`zimiz yaratgandik. Bojxonada maxsus yo`laklar ochib, maxsus ruxsatnomalar berib va boshqalarga bu yo`nalishda tabu qo`yib... Oqibatda “vayronadan chiqqan bu millionerlar” qancha shataloq otishdi. Jabrini odatdagiday xalq ko`rdi. Aytmoqchi bo`layotganim, yana shunday bo`lmaydimi? Shakarni xohlagan tadbirkor olib kira oladimi? Agar shunday bo`lsa, narx-navo erkin bo`ladi. Aks holda…
O`zi, umuman, monopoliyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish kerak, deb o`ylayman. Eshitishimizcha, hozir qurilish ishlarida urf bo`lgan alyumin profillarni chetdan olib kirishga faqat “Imzo” va “Akfa”ga ruxsat bor emish. Bu, albatta, bozordagi raqobatni yo`q qilib, ana shu firmalarni yakkahokimga aylantiradi-da. Bunday yo`sinda mazkur kompaniyalar egasi nafaqat shaxsiy samolyot, balki Boyqo`ng`irda o`ziga raketa sotib olibdi, deyishsa ham ishonish mumkin.
Xullas, qonunlar hammaga birday ishlasa, bir to`da odamlarga emas, butun xalqqa yaxshi bo`ladi. Vatan va millat mavqeini esa har doimgiday sanoqli boylar emas, mehnatkash va fidoyi xalq belgilaydi" deyiladi kanalda.






