AsosiyJamiyat

Markaziy bankning yillik asosiy stavkasi ma`lum qilindi

'Markaziy bankning yillik asosiy stavkasi ma`lum qilindi'ning rasmi

Markaziy bank Boshqaruvining 2020 yil 16 yanvardagi qarori bilan Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 16 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirildi, deya rasmiy saytda xabar berildi.

Mazkur qaror inflyasiyaning pasayayotgan prognoz trendiga to`liqroq ishonch hosil qilish uchun ma`lum muddat zarurligi hamda tartibga solinadigan narxlarning oshirilishi bo`yicha ayrim noaniqliklarning mavjudligi bilan izohlanadi.

Shu bilan birga, keyingi Boshqaruv yig`ilishlarida asosiy stavkani biroz pasaytirish tomonga qayta ko`rib chiqish ehtimoli mavjud, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar