AsosiyJamiyat

1 yanvardan boshlab 10 ta oliy ta`lim muassasasi o`ziini o`zi moliyalashtiradi

'1 yanvardan boshlab 10 ta oliy ta`lim muassasasi o`ziini o`zi moliyalashtiradi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Aloqa va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “Oliy ta`lim muassasalarining bosqichma-bosqich o`zini o`zi moliyalashtirishga o`tish istiqbollari” mavzusida soha mutasaddilari va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. 

1 YaNVARDAN BOShLAB 10 TA OLIY TA`LIM MUASSASASI O`ZIINI O`ZI MOLIYaLAShTIRADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4391-son qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  “Oliy ta`lim muassasalarini bosqichma-bosqich o`zini o`zi moliyalashtirish tizimiga o`tkazish to`g`risida”gi 967-sonli qarori asosida 2020 yilda 1 yanvardan boshlab yurtimizdagi quyidagi 10 ta oliy ta`lim muassasalari tajriba-sinov tariqasida o`zini o`zi molyalashtirish tizimiga o`tdi:

  1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  2. Toshkent davlat yuridik universiteti;
  3. Urganch davlat universiteti;
  4. O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  5. Samarqand davlat chet tillar instituti;
  6. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
  7. Toshkent moliya instituti;
  8. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ;
  9. Toshkent farmasevtika instituti;
  10. Toshkent temir yo`l muhandislari universiteti.

 

NEGA AYNAN BU OLIY TA`LIM MUASSASALARI TANLAB OLINGAN?

Ushbu savol bilan mutasaddilarga murojaat qilinganda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Sarvar Buzrukxonov shunday javob berdi:

  • Tajriba-sinov tariqasida bu tizimga o`tishda aynan mazkur OTMlarining tanlab olinishi sababi – ular moliyaviy barqaror oliy ta`lim muassasalaridir. Bunda ularning ilmiy-pedagogik salohiyati, moddiy-texnik bazasi imkoniyatlari hisobga olingan. 

 

Mavzu yuzasidan qo`shimcha va qiziq ma`lumotlarni birozdan keyin havola qilamiz...

    Boshqa yangiliklar