AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda qo`lga tushganlar “ishni yopish” uchun 10 mln. taklif qilib, yana qo`lga tushdi

'Qoraqalpog`istonda qo`lga tushganlar “ishni yopish” uchun 10 mln. taklif qilib, yana qo`lga tushdi'ning rasmi

2020 yil 15 yanvar kuni soat 15-00 larda Taxiatosh tumanida joylashgan “Taxiatosh” temir yo`l bekatida teplovoz mashinisti E.A. va uning yordamchisi K.Ilar “Taxiatosh” nefte bazasidan 120 litr dizel yoqilg`isini Nukus shahrida yashovchi fuqaro A.T ga sotayotgan vaqtida Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi “Nukus” bekatidagi bo`linmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, holat bo`yicha surishtiruv ishlari olib borayotgan QR IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi “Nukus” bekati bo`linmasi boshlig`i mayor J.Erimbetovning xonasiga shu kuning uzida fuqarolar A.T, E.A., M.Yu va K.I. lar kelib, unga 10 million so`m miqdoridagi pullarni o`zlariga nisbatan to`plangan hujjatlarni ijobiy hal qilib berish evaziga berayotgan vaqtida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Prokuraturasi va O`zbekiston Respublikasi IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi xodimlari tomonidan ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departamenti Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar