Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2020 yil 16 yanvar kuni Nijniy Novgorod – Arzamas – Saransk – Issa – Penza – Saratov trassasida Saratov viloyati hududida ichida 8 nafar yo`lovchi, jumladan 5 nafar O`zbekiston fuqarosi bo`lgan mikroavtobus ishtirokida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida hamyurtlarimizdan 2 nafari vafot etdi, 3 nafari esa Saratov shahridagi viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirildi. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xabar berdi.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o`lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.






