AsosiyJamiyat

Rossiyadagi mudhish YTHda halok bo`lgan o`zbekistonliklar shaxsi aniqlandi

'Rossiyadagi mudhish YTHda halok bo`lgan o`zbekistonliklar shaxsi aniqlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 16 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 07:20da Rossiya Federasiyasi Saratov oblasti Tatishev rayoni hududida sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda ushbu fojiada halok bo`lganlar shaxsi ma`lum bo`ldi, deya xabar berdi FVV.

Keltirilishicha, O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Tashqi ishlar vazirligi, uning hududiy konsullik xizmati xodimlari tomonidan voqeaga aniqlik kiritish maqsadida, o`zaro ma`lumotlar almashinuvini olib borildi. Unga ko`ra, joriy yilning 16 yanvar kuni mahalliy vaqti bilan soat 08:20da Rossiya Federasiyasi Saratov oblasti Tatishev rayoni hududidan o`tuvchi federal ahamiyatga ega bo`lgan R-158 “Nijniy Novgorod-Arzamas-Saransk-Issa-Penza-Saratov” avtomobil yo`lining 580 km.da Polchaninovka aholi yashash punktidan 30 km. shimoliy-g`arbiy yo`nalishda “Volga-GAZ-3110” avtomobili hamda “HYUNDAI” miniven avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Buning oqibatida, jami 9 nafar fuqarolar tan jarohati olgan. Shulardan 4 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Ma`lumot o`rnida qayd etish joiz, vafot etgan fuqarolarning ikki nafari O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan. Shuningdek, 5 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan Saratov shahar viloyat klinik kasalxonasiga yotqizilganlar. Ularning 3 nafari hamyurtlarimiz bo`lgan.

Yo`l transport hodisasi konsullik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida halok bo`lgan va jabrlangan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi:

Vafot etgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Boltabayev Nodir, 1979 y.t. (Farg`ona viloyati Quvasoy shahrida istiqomat qilgan).

Sobirov Sardorbek, 1997 y.t. (Farg`ona viloyati Bog`dod tumanida istiqomat qilgan).

Tan jarohati olgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Muxamedova Gulorom, 1968 y.t. (Samarqand viloyati Samarqand shahrida istiqomat qiladi).

Ibatov Sunnat, 1989 y.t. (Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida istiqomat qiladi).

Balliyev Isa, 1998 y.t. (Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumanida istiqomat qiladi”).

Mazkur holat yuzasidan xuquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, vafot etgan fuqarolarning qarindoshlariga xabar berish va jasadlarini “O`zbekiston havo yo`llari” MAK aviatransporti orqali O`zbekistonga olib kelish hamda tan jarohati olgan fuqarolarga tegishli tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar