AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida ikki kechada 20 ta issiqxona “qarmoq”qa tushdi

'Toshkent viloyatida ikki kechada 20 ta issiqxona “qarmoq”qa tushdi'ning rasmi

MIB Toshkent viloyati boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan tabiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan issiqxonalarni aniqlash bo`yicha tezkor tadbirlar o`tkazmoqda.

Joriy yilning 12-14 yanvar kunlari o`tkazilgan tungi reydda viloyatning Yangiyo`l, Toshkent, Zangiota, Qibray tumanlarida tunda gazdan o`g`rincha foydalanayotgan 20 ta  issiqxona aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga MIB ma`lum qildi.

Jumladan, fuqaro Sh.Umarovga tegishli Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Nazarbek QFY, Ilg`or MFY hududida joylashgan 7,5 sotix qo`rg`onda noqonuniy ravishda gaz tarmog`iga ulanib olib, gul ko`chatlari, fuqaro D.Raxmonovga tegishli,  Qibray tumani, Yonariq QFY, Yangihayot MFY, Terakzor ko`chasida joylashgan 6 sotix qo`rg`onda noqonuniy ravishda gaz tarmog`iga ulanib olib, gul va pomidor ko`chatlari, fuqaro J.Xakimovga tegishli Yangiyo`l tumani, Niyozbosh QFY, Na`muna MFY, Tez ariq ko`chasida joylashgan 4 sotix qo`rg`onda noqonuniy ravishda gaz tarmog`iga ulanib olib, piyoz ekinligi, fuqaro T.Inoyatovga tegishli Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Xasanboy MFY, X.Karimov ko`chasida joylashgan 6 sotix qo`rg`onda noqonuniy ravishda gaz tarmog`iga ulanib olib, gul ko`chatlari etishtirib kelinayotganligi aniqlandi. 

Mazkur xolatlar yuzasidan huquqbuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirib,  hozirda etkazilgan  zarar  miqdori hisoblanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar