AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatining ayrim hududlarida elektr uzilishi bo`ladi. Qachon, qaysi hududlarda?

'Navoiy viloyatining ayrim hududlarida elektr uzilishi bo`ladi. Qachon, qaysi hududlarda?'ning rasmi

“Navoiy HETK” AJ Matbuot xizmati xabar berishicha, Navoiy viloyatining ayrim xududlarida elektr ta`minotida vaqtincha uzilishlar bo`lishi mumkin.  18-19 yanvar kunlari Navoiy shahridagi elektr tarmoqlarni joriy ta`mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababdan “Bog`ishamol” mahallasida soat 10:00 dan 12:00 gacha elektr energiyasi ta`minotida vaqtincha uzilish bo`ladi. Shunday ishlar Qiziltepa tumanida ham olib borilishi natijasida 18 yanvar kuni soat 8:00 dan 15:00 gacha “Varozin” va “Sheyxon” maxallarida, soat 8:00 dan 17:00 gacha “Konsurun”, “Tavois”, “Xomrabot” mahallalarida, 19 yanvar kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha “Hasancha” va “Uzilishkent” mahallarida. Karmana tumanida esa 18 yanvar kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha “Beshkent” va “Farxod” maxallarida  elektr energiyasi ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar bo`lishi mumkin.

Elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raladi.

 

    Boshqa yangiliklar