1

1 martdan inkassator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to`lanadi

Jamiyat 17.01.2020, 22:33
1 martdan inkassator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to`lanadi

Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, 2020 yil 1 martdan boshlab, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali etkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to`lanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Hozirgi tartibga ko`ra, inkassasiya xizmati xarajatlari tijorat banklari tomonidan qoplanadi.

Shuningdek, ichki ishlar xodimlariga imtiyozli shartda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilishga uzoq muddatli ipoteka krediti tijorat banklarning o`z mablag`lari va jalb etiladigan mablag`lar hisobiga berilganida kreditning foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o`rtasida tuzilgan bitim bo`yicha belgilanadi.

(Bugungi kunda foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasining ikki foizdan ortiq bo`lmagan miqdorida belgilanadi).

Qaror e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oydan so`ng kuchga kiradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1