1

Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tanlov e`lon qilindi

Jamiyat 18.01.2020, 14:17
Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tanlov e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tanlov e`lon qildi. Bu haqda Uzedu.uz nashri xabar berdi.

Tanlov Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan Bekzod Jo`raev boshqa ishga o`tishi munosabati e`lon qilindi.

Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i lavozimining asosiy professional vazifalari:

a) Umumiy rahbarlik, muvofiqlashtirish va boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarish;

b) xodimlarni tanlash, tayinlash va kadrlarni boshqarish;

v) viloyatda xalq ta`limi muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

g) viloyat xalq ta`limi tizimida ijro intizomi tizimini to`liq tatbiq etish va nazorat qilish;

d) ta`lim muassasalarida davlat ta`lim standartlari talablarini bajarilishini ta`minlash va ta`lim sifatini oshirish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish;

y) xalq ta`limi tizimida byudjet mablag`larining maqsadli sarflanishini ta`minlash.

Nomzodga qo`yiladigan talablar:

- Oliy ma`lumot;

- Rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish staji;

- Xalq ta`limi tizimida milliy qonunchilik sohasidan xabardorligi;

- Davlat organlari uchun ijro intizomi hamda ish yuritish tizimlarini joriy etish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo`yicha bilimlarga ega bo`lishligi;

- Muzokaralar olib borish qobiliyati;

- Etakchilik fazilatlarining mavjudligi, shaxslararo munosabatlarni o`rnatish qobiliyati, tashkilotchilik va mas`uliyatlilik;

- Shaxsiy va jamoada ishlash, nizolarni hal qilish qobiliyati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1