Sog`liqni saqlash sohasi, ilm-fani og`ir judolikka uchradi. Toshkent farmasevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimdjanov Ibrohim Inamovich 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
I.Alimdjanov 1959 yilda Andijon shahrida tug`ilgan.1982 yilda O`rta Osiyo pediatriya tibbiyot (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot) institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Andijon shahar 2- bolalar shifoxonasi vrach interni, ordinatori, davolash ishlari bo`yicha bosh vrach o`rinbosari, keyinchalik Andijon davlat tibbiyot initituti kafedra assistenti, dosenti va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan. U 2012-2018 yillarda mazkur institut o`quv ishlari bo`yicha prorektori va rektori vazifasida ham ishlagan. I.Alimdjanov 2018 yildan Toshkent farmasevtika instituti rektori sifatida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.
Toshkent farmasevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimdjanov Ibrohim Inamovichning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.






